Germaniyada birinchi suzuvchi gaz ombori ishga tushirildi
Mamlakat Rossiya gaziga bo‘lgan qaramlikdan voz kechish uchun jadal ish olib bormoqda.

Foto: AP
Germaniyada mamlakatdagi birinchi suzuvchi suyultirilgan tabiiy gaz (STG) terminali ochildi.
Ombor Vilhelmshafen portida joylashgan. Shanba kuni u Ispaniyadan kelgan yuk kemasini qabul qildi. Terminalning ochilish marosimida Germaniya kansleri Olaf Shols va bir qancha vazirlar ishtirok etdi.
«Bu biz Rossiya gazini almashtirish uchun rejalashtirgan beshta STG terminalidan birinchisi. Bu bizning har qanday sharoitda gaz ta’minotisiz qolmasligimizni kafolatlaydi», dedi Shols.
Kansler STG terminali rekord darajada qisqa vaqt ichida qurilganini ta’kidladi.
Terminalga Nigeriyadan keltirilgan STG quyilgan, u yil davomida 50 ming xonadonni gaz bilan ta’minlay oladi. Ta’minot ishlari 22 dekabrdan boshlanadi.
Mavzuga oid

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

11:55 / 28.04.2025