Baxmut va Donetskdagi vayrongarchiliklar, futbol ko‘rayotgan ukrain askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 298-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatining Argentina — Fransiya o‘rtasidagi final bahsidan oldin videomurojaat qilmoqchi bo‘lgan. Ammo chempionat tashkilotchilari, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bunga ruxsat bermagan. Endi videomurojaat matni Tribuna.com saytida e’lon qilindi.
- Belgorod oblasti rahbari Vyacheslav Gladkov Belgorod shahri va oblasti o‘qqa tutilishi oqibatida kamida sakkiz kishi jabrlanib, bir kishi halok bo‘lganini xabar qildi.
- «DXR» rasmiylari Donetsk bir kun ichida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan to‘rt bor o‘qqa tutilganini xabar qildi. Natijada Kirov nomidagi shifoxona korpusi shikastlangan, bir kishi qurbon bo‘lgan.
- Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovni yo‘q qilishga harakat qilganini tasdiqladi. Bu haqda The New York Times nashrining rossiyaliklarning Ukrainani tezkorlik bilan egallash bo‘yicha rejasi nega muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqidagi katta materialda keltiriladi.
Quyida 18 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Baxmutning yarim yillik janglardan keyingi ko‘rinishi
May oyining ikkinchi yarmidan Rossiya qo‘shini Baxmut shahrini (2016 yilga qadar — Artemovsk deb atalgan) kuchli darajada o‘qqa tuta boshladi — bu muhim transport tugunida joylashgan va ukrainlarning mustahkamlangan istehkomlaridan biri bo‘lgan shahar edi, bu shahar rossiyaliklarning Kramatorsk, Slovyansk, Seversk va Toretsk tomon yurishi yo‘lini to‘sib turardi. 5 iyul kuni Rossiya qo‘shinlari Lisichanskni egallashdi, avgust oyiga kelib Baxmutning atrofidagi hududlarga kirishdi. Yoz oxirida rossiyaliklarning bu yo‘nalishdagi asosiy kuchi — «Vagner» guruhi jangchilari — shahar tomon bir necha kilometrga ilgarilashdi. Bir necha oydan buyon shahar atrofida intensiv janglar davom etmoqda. Shu bilan birga, bir necha oydan buyon suv ta’minoti, issiqlik va tok yo‘q bo‘lgan shaharda tinch aholi vakillari ham yashamoqda.

Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut yerto‘lalaridagi hayot

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jahon chempionatini tomosha qilayotgan ukrain askarlari

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Donetsk oblastida frontning boshqa tomonida Donetsk shahrining o‘zi muntazam ravishda Ukraina qurolli kuchlari tomonidan raketa va artilleriya zarbalariga uchramoqda. 18 dekabr kuni navbatdagi hujumlar natijasida Kalinin nomidagi shifoxona korpuslaridan biri yonib ketgan.

Valentin Sprinchak / TASS

Valentin Sprinchak / TASS

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

16:43 / 10.05.2025
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi

13:01 / 10.05.2025