Navro‘z bayramigacha jamoat transporti uchun 2000 ta avtobus sotib olinadi
Toshkent shahri uchun qo‘shimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratdi. Navro‘z bayramigacha respublikaga 2000 ta avtobus olib kelinishi ma’lum qilindi.
«Jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi.
Toshkent shahri uchun qo‘shimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.
Bularning hisobiga, har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.
Hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida, yana mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Bu orqali, jamoat transporti bo‘yicha ahvol og‘ir bo‘lgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi», dedi prezident.
Mavzuga oid

20:40 / 29.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?

20:41 / 25.04.2025
Yo‘l haqi narxlari qaysi shaharda o‘zini oqlaydi? | SUBYEKTIV

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

17:16 / 04.03.2025