Fransuzlar Argentinaga qarshi finalni qayta o‘tkazishni talab qilmoqda
200 mingga yaqin fransuz shunday talab qo‘yilgan petitsiyani imzoladi.

Foto: Getty Images
Fransiyalik muxlislar Fransiya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati finalini qayta o‘tkazishni talab qilib, onlayn petitsiyani tashkil qilishdi.
Petitsiya Fransiyaning maxsus MesOpinions saytida ochilgan bo‘lib, mualliflar «adolatsiz hakamlik» tufayli final o‘yinini qayta o‘tkazishga chaqirmoqda.
Petitsiya ko‘rib chiqish uchun Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) yuborilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 200 mingga yaqin kishi jahon chempionati finalini takroran o‘tkazish bo‘yicha so‘rovni imzolagan.
Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati finalining asosiy va qo‘shimcha vaqtidan keyin 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Argentina qo‘li baland kelgan edi.
FIFA tarixida jahon chempionatlari finallarining hech biri takroran o‘tkazilmagan.
Mavzuga oid

23:00 / 25.04.2025
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi

18:30 / 25.04.2025
Fransiyalik olimlar akulalar hujumining ortishiga ijtimoiy tarmoqlar aybdor ekanini aytdi

22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

19:22 / 21.04.2025