Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Xitoy O‘zbekistonda elektr tarmoqlarini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘ldi

Foto: Reuters
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlanib, g‘olib kompaniyalar aniqlandi.
Turkiyaning “ŞA-RA ENERJĪ Īnşaat, Ticaret ve Sanayi A.Ş.” kompaniyasi 31,89 million AQSh dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 213 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Xitoyning «Xian Electric Engineering Co., Ltd» kompaniyasi 14,68 million AQSh dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 72 km bo‘lgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.
G‘olib kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, shartnomalar imzolandi. Loyiha Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib 2022 – 2024 yillarda amalga oshirilishi belgilangan.
Loyiha Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligi oshirilishiga, energotizimning Toshkent qismida magistral elektr tarmoqlari yuklamalari kamayishiga va ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kelgusidagi talablarga mos holda bo‘lishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid

19:45 / 20.06.2025
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

22:04 / 23.04.2025