Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi Toshkentda fuqarolar uchun isitish punktlarini tashkil qildi

Foto: KUN.UZ
Havoning keskin sovishi va energiya resurslarining yetishmovchiligi kuzatilayotgan vaziyatda Mudofaa vazirligi Toshkentning 11 ta tumanidagi 19 ta hududda isitish punktlari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Vazirlik axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan isitish punktlarida fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ularning vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan.
Isitish punktlari tashkil etilgan hududlar ro‘yxati:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — Alisherobod va Olimlar mahallasi;
- Mirobod tumani — Birodarlik va Parvona mahallalari;
- Yakkasaroy tumani — Bobur va Boshliq mahallalari;
- Olmazor tumani — Quyosh va Shodiyona mahallalari;
- Yangihayot tumani — Navqiron mahallasi;
- Uchtepa tumani — Ko‘hna Cho‘ponota va Vatan mahallalari;
- Chilonzor tumani — Sharaf mahallasi;
- Yashnobod tumani — Jarboshi va Shironobod mahallalari;
- Yunusobod tumani — Otchopar I va Posira mahallalari;
- Shayxontohur tumani — Yangibel mahallasi;
- Sergeli tumani — Xonobod va Sadoqat mahallalari.
Mavzuga oid

10:44
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi

11:17 / 01.08.2025