O‘zbekiston | 18:56 / 30.01.2023
5381
2 daqiqa o‘qiladi
Mahalliy hokimiyatga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish taqiqlanadi – prezident qarori
Shuningdek, ularning ta’sischilarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga ta’sir o‘tkazish qat’iyan man etildi.

Foto: ortcom.kz
«Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023 y.) qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
- mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning ta’sischilarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga ta’sir o‘tkazish qat’iyan man etiladi;
- paxta-to‘qimachilik klasterlariga to‘rt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.
- 2023 yil hosilidan har yili 1 oktyabrgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uchun 2023 yil 1 fevralga qadar).
Shuningdek, 2023 yildan:
- xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi;
- paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.
- 2025 yil 1 yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral o‘g‘itlarga bojxona bojining «nol» stavkasi qo‘llaniladi.
Mavzuga oid

19:53 / 10.05.2025
Tanqidga toqatsizlik belgisi yoxud jamoatchilikning ko‘zi qanday moylanmoqda?

12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

20:59 / 29.04.2025