Namangan ko‘chalarida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan nazorat kameralari o‘rnatildi

Foto: orda.kz
Namangan shahri ko‘chalarida jamoat va yo‘l harakati tartibini saqlash maqsadida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan «Sergak» nazorat kameralari o‘rnatildi. Bu haqda «O‘rda» nashri yozmoqda.
Manbada aytilishicha, Namangan ko‘chalarida bunday kameralardan 25 dona o‘rnatilgan. Kameralar «Sergek Group» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Xabarda kameralar belgilangan tezlikni oshirganlik, svetoforning taqiqlangan rangida harakatlanish, yo‘l chiziqlarini bosish kabi qoidabuzarliklarni qayd etishi ta’kidlangan. Qozog‘istonning Ostona va Almati kabi yirik shaharlari ko‘chalarida ham aynan «Sergek» kameralari o‘rnatilgan.
Mavzuga oid

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

10:43 / 28.04.2025