Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinladi.
Hokim qaroriga ko‘ra, Rustam Yusupov obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaradi.
U bungacha Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
27 yanvar kuni obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimda ishni 2021 yilning noyabrida boshlagan.
Mavzuga oid

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025