O‘zbekiston | 09:24 / 09.02.2023
2100
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyga BAAdan investitsiyalarni ko‘paytirish rejalashtirilyapti

Dubaydagi Bosh konsulxonada Navoiy viloyati birinchi o‘rinbosari To‘lqin Otamurodov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  «Dunyo».

Uchrashuvda 2023 yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish rejalari, sanoat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha aniq loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Navoiydan xorijiy mamlakatlarga eksport hajmini ko‘paytirish, BAAda vaqtincha ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlar haq-huquqlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Nurota tumanidagi «Dara» qishlog‘i muhim sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlanayotganini hisobga olinib, ushbu manzilga BAAdan turistlarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunda ushbu qishloqda 3 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta gastronomik uy, 2 ta qadimiy uy va eski buyumlar saqlanadigan uy-muzey, 2 ta hunarmandchilik ustaxonasi o‘z faoliyatini boshlagan.  

Mavzuga oid