Foto: O‘zbekiston maxsus borti Turkiyaga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan mamlakat maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish maqsadida Gaziantep shahriga (Turkiya) yetib bordi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.
Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga to‘qqizta alohida bo‘linmadan iborat ko‘chma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu dala shifoxonasi barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, harbiy-tibbiy otryad tarkibida tajribali tibbiyot xodimlaridan tashqari kinologlar (xizmat itlari bilan) va ta’minotchilar ham bor bo‘lib, ular o‘z yo‘nalishi bo‘yicha barcha kerakli anjom va uskunalar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, dori-darmonlar va yuz nafar bemorga mo‘ljallangan yotoq joylari mavjud.
Mavzuga oid

13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

21:49 / 25.04.2025