Dubaydan Dushanbega uchayotgan samolyot Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Foto: Uzbekistan Airpors
Dubaydan Dushanbega parvoz qilgan Flydubai samolyoti Samarqandga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.
Flydubai FZ793 reysi qalin tuman sabab ko‘rishning yomonlashuvi tufayli Dushanbe aeroportiga qo‘na olmadi va Samarqand xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Bortida 141 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 03:01da Samarqand aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchilar va ekipaj esa mehmonxonaga joylashtirildi.
Samolyot yo‘lovchilari bilan 16 fevral kuni Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

08:39
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025