Mart oyida o‘zbekistonliklar qaysi sanalarda dam oladi?
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarga mart oyida 2 kunlik qo‘shimcha dam olish kuni beriladi. 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa bu kunlari dam olish evaziga shanba kunlari ishga chiqadi.

Foto: Getty Images
Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan:
- besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);
- olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
- 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga;
- 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga.
Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart — dushanba va 22 mart — chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.
Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 23 mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 8 mart (chorshanba) — Xotin-qizlar kuni ham Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan dam olish (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.
Mavzuga oid

10:55 / 05.05.2025
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?

18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi

18:43 / 24.12.2024
Yangi yilda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

21:34 / 31.08.2024