2023 yilgi Navro‘z bayrami umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi - prezident qarori
Shuningdek, bayram arafasida barcha shahar va qishloqlarda, ovul va mahallalarda umumxalq hashari, keng qamrovli obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev «2023 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2023 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi.
Tashkiliy qo‘mita 2023 yilgi Navro‘z umumxalq bayramini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanishini ta’minlaydi.
Bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
- Navro‘z ayyomiga xos ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etiladi;
- Navro‘z bayrami arafasida barcha shahar va qishloqlarda, ovul va mahallalarda umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etiladi;
- Keksalar har tomonlama e’zozlanadi, «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylarida yashayotgan kishilarga, yordam va ko‘makka muhtoj fuqarolarga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlari o‘tkaziladi;
- joylarda bo‘lib o‘tadigan sayillarga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, dorbozlar va baxshilar, shuningdek, iste’dodli an’anaviy ijrochilar va estrada artistlari jalb etiladi.
- bayram tadbirlari doirasida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtiriladi, kitob rastalari, ko‘chma savdo do‘konlarini tashkil qilish, ko‘klam taomlarini tayyorlanadi va ularning savdosini yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

12:33 / 22.03.2025
Diplomatlar o‘zbek xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi

17:58 / 21.03.2025