Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi.

Foto: Getty Images
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:
- BHM 10 baravaridan 50 baravarigacha (bugungi kunda 3 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O‘zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekistonga qaytarilishini ta’minlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
O‘sha qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Ushbu normalar mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Mavzuga oid

18:29 / 16.03.2024
Dronlarni qonunga xilof ravishda olib kirganlik uchun jazo yengillashtirildi

20:40 / 19.02.2024
Qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi

18:30 / 26.07.2023
Go‘sht mahsulotlarini sotish mumkin bo‘lmagan holatlar eslatildi

19:36 / 03.07.2023