Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi Putinni hibsga olishga order berdi
Rossiya prezidenti Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Pavel Bednyakov/SPUTNIK/AFP/Getty Images
Niderlandiyaning Haaga shahridagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. Tegishli press-reliz sudning veb-saytida joylashtirilgan.
Putin Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda. Sud tushuntirganidek, buning uchun shaxsan Putin javobgar, deb hisoblash uchun «oqilona asoslar» bor.
Xuddi shunday hibsga olish orderi Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

13 mart kuni The New York Times o‘z manbalarga tayanib, XJS yaqin kelajakda Ukrainadagi jinoyatlar bo‘yicha rossiyalik amaldorlarga qarshi ikkita ish qo‘zg‘atishini yozgan edi: biri ukrainalik bolalarning noqonuniy deportatsiya qilinishi, ikkinchisi – qasddan aholi infratuzilmalariga raketa zarbalari berish. Ushbu xabarlar fonida Kreml Rossiya Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmasligini eslatdi.
Endi Vladimir Putinning chet elga chiqishi cheklangan. Rim statutini ratifikatsiya qilgan va sudning yurisdiksiyasini qabul qilgan mamlakatlar uni hibsga olish majburiyatiga ega. Bu – 123 ta davlat. Jumladan, Yevropa va Janubiy Amerikaning barcha mamlakatlari, Tojikiston, Braziliya va Janubiy Afrika, shuningdek, Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Nigeriya. Agar Putin shu davlatlardan biriga tashrif buyursa, mahalliy hukumat uni hibsga olishga majbur bo‘ladi.
Rossiya tomoni Vladimir Putin va Mariya Lvova-Belovaning hibsga olinishi uchun order berilganiga munosabat bildirdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova:
«Xalqaro jinoyat sudining qarorlari mamlakatimiz uchun, jumladan, huquqiy nuqtayi nazardan ham hech qanday ahamiyatga ega emas. Rossiya Xalqaro Jinoyat Sudi Rim statutining ishtirokchisi emas va u bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi. Rossiya bu organ bilan hamkorlik qilmaydi va Xalqaro suddan keladigan hibsga olishning mumkin bo‘lgan «retseptlari» biz uchun qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi».
O‘zbekiston hukumati Xalqaro jinoyat sudiga shaxslarni topshirish haqida AQSh hukumati bilan kelishuv imzolagan. U 2003 yil 7 yanvardan amal qilmoqda. «Shaxs» deganda AQSh yoki O‘zbekistonning amaldagi yoki sobiq davlat amaldorlari, xodimlar (shu jumladan pudratchilar) yoki harbiy xizmatchilar yoki tomonlardan birining fuqarolari nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
Mavzuga oid

22:11 / 27.07.2025
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi

20:49 / 27.07.2025
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi

19:47 / 27.07.2025
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi

18:58 / 27.07.2025