Qashqadaryoda asrab olingan qizni zo‘rlagan shaxs sud qilinadi
Chiroqchi tumanida 52 yoshli shaxs mehribonlik uyidan asrab olingan 13 yoshli qizni zo‘rlab, homilador qilib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Buning ortidan Oliy sud holat bo‘yicha jinoyat ishi 7 aprel kuni yopiq sud majlisida ko‘rilishini ma’lum qildi.

Oliy sud matbuot xizmati Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 52 yoshli erkak 13 yashar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini zo‘rlab, homilador qilib qo‘ygani aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarda erkak 8 nafar tarbiyalanuvchini asrab olib, ulardan biri — 13 yoshli qizni homilador qilgani va bolani majburan tushirgani, biroq sud hali o‘tkazilmagani aytiladi. Oliy sud holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismi va 118-moddasi (Nomusga tegish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilayotgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan K.T. (1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudida 7 aprel kuni boshlanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

23:57 / 17.03.2025