Toshkentda yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 29 aprel kuni yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:54 da Rakat mahallasi Muqimiy ko‘chasida 2-yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:01 da yetib borib, yong‘in soat 14:08 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

21:28 / 22.05.2025