Rossiya neftini dengiz orqali tashish ko‘rsatkichlari cho‘qqiga chiqdi - Bloomberg
12 maygacha bo‘lgan davrda Rossiya neft importi kuniga 3,72 million barrelga yetdi, bu 2022 yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foto: DEA / C. SAPPA/De Agostini Editorial
Keng ko‘lamli sanksiyalar fonida, Rossiya tomonidan neftini xalqaro bozorlarga yetkazib berish hajmi o‘sishda davom etmoqda. Garchi Rossiya neft qazib olishni qisqartirganini e’lon qilgan bo‘lsa ham.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyi boshidan beri Rossiya tankerlari tomonidan tashiladigan neft hajmi 10 foizga oshgan. Rossiyaning kichik yuk kemalari Atlantika okeanida yirik tankerlarga neftni quymoqda. So‘ngra bu xomashyo Osiyo portlariga yetkazilyapti.
Rossiya neftining deyarli barchasi Xitoy va Hindistonga yetkazilyapti. Osiyoga «qora oltin»ni yetkazib berish hajmi yangi cho‘qqiga chiqqan. 12 maygacha bo‘lgan davrda Rossiya neft importi kuniga 3,72 million barrelga yetdi, bu 2022 yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
So‘nggi haftada dengiz orqali kuniga 3,76 million barrel Rossiya nefti tashildi, 34 ta tankerga 26,3 million barrel yuk ortildi. Bu o‘tgan haftaga nisbatan 3 foizga ko‘pdir.
2023 yil fevral oyida Rossiya hukumati neft qazib olish va dengiz orqali neft eksportini kamaytirish rejalarini e’lon qildi. Aprel oyida bu rejalar amalga oshirila boshlandi, ammo yetkazib berish statistikasi bu bayonotlarga zid raqamlarni ko‘rsatmoqda.
Rossiya hukumati neft va gaz qazib olish bo‘yicha ma’lumotlarni maxfiylashtirdi. Bu ishlab chiqarishning rekord darajada pasayishini ham, OPEK+ kartelidagi kelishuvlarni buzgan holda urushni moliyalashtirish maqsadida uning yashirin ravishda ko‘payishini ham ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid

21:23 / 27.04.2025
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi

11:31 / 26.04.2025
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

00:41 / 26.04.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025