Podolyak Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi allaqachon boshlanganini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina qo‘shini qarshi hujumni allaqachon boshlab yuborgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak Italiyaning RAI telekanali Tg1 ko‘rsatuvi uchun bergan intervyusida ma’lum qilgan.
«Qarshi hujum bir necha kundan buyon davom etmoqda», — deya Podolyakning so‘zlarini keltiradi kanal. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi front 1,5 ming kilometrga cho‘zilishi, ammo «alohida operatsiyalar allaqachon boshlangani»ni qayd etgan.
Podolyak yana bir bor, Ukraina ittifoqchilar bergan qurollarni Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun qo‘llamasligi, ular faqat «RF bosib olgan hududlar, jumladan Qrim va Donbass»da ishlatilishini ma’lum qilgan.
Bundan oldinroq Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Ukraina qurolli kuchlari hamon Baxmut shahrining bir qismini nazorat qilayotganini, shahar shimoli va janubida esa ukrain harbiylari oldinga yurayotganini aytgandi.
Mavzuga oid

08:58
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi

10:25 / 15.06.2025
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025