Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatlik guvohnomasini berishning yangi tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi.
Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so‘ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi.
Advokatlik guvohnomasini berish uchun to‘lov undirilmaydi. Ariza yuborilgandan so‘ng 2 ish kunida advokatlik guvohnomasi beriladi. Advokatlik guvohnomasi tayyor bo‘lishi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.
Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi: talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bo‘lsa; talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bo‘lsa.
Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlash imkoni bo‘lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkonini beradigan texnologiyada tayyorlanishi ta’minlanadi.
Advokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
- advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganda, uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan so‘ng;
- advokat boshqa adliya organi joylashgan hududda ro‘yxatdan o‘tgan advokatlik tuzilmasiga kirganda;
- advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
- advokatlik guvohnomasi yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

14:25
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

12:15 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

07:40 / 21.05.2025