Markaziy bank muomaladan chiqqan 50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullarni almashtirish muddatini uzaytirdi
To‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hamda 50 va 100 so‘mlik tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali qabul qilish va almashtirib berish davom ettiriladi.
2023 yilning 1 yanvarigacha qobiliyatini yo‘qotgan pul belgilari - 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni amaldagi pul belgilariga almashtirib olish mumkin edi.
Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muomaladan chiqqan ushbu banknotlarni almashtirish davom etadi.
“To‘lov qobiliyatini yo‘qotgan, eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hamda 50 va 100 so‘mlik tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali qabul qilish va almashtirib berish davom etadi”, - deyiladi regulyator xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, Markaziy bank ayrim hududlarda to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan banknotlarni almashtirish yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan banknotlarni almashtirishni davom ettirishga qaror qilgan.
“Barcha fuqarolar qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan yuqorida ko‘rsatilgan nominallardagi banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlarida amaldagi pul belgilariga erkin almashtirib olishlari mumkinligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi MB xabarida.
Ma’lumot uchun, 2001-2002 yillar namunalaridagi 50 so‘mlik, 2004 va 2009 yil namunalaridagi 100 so‘mlik tangalar hamda 1994 yil namunasidagi 50 va 100 so‘mlik banknotlar 2019 yil 1 iyulgacha muomalada bo‘lgan. Shuningdek, 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar uchun bu muddat 2020 yil 1 iyulgacha belgilangan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda milliy valutaning 10000:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025 yilgacha parallel ravishda muomalada bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Markaziy bank denominatsiya haqidagi mish-mishlarni rad etib chiqdi.
Mavzuga oid

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025