Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari xususiylashtirilmaydi
“Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari xususiylashtiriladigan obektlar ro‘yxatidan chiqarildi. Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, bir necha marta auksionlarda sotilmay qolgan “Sijjak” oromgohi endilikda maktab-internat balansida saqlanadi. “Chotqol” oromgohi esa Kasaba uyushmalari federatsiyasiga berildi.

Foto: AsiaTerra
“Sijjak” dam olish maskani va “Chotqol” oromgohi xususiylashtiriladigan obektlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida keltirib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sijjak” dam olish maskani birinchi prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. Mazkur inshoot 2017 yilda sud tomonidan musodara qilinib, davlat hisobiga o‘tkazilgan. Shu paytga qadar dam olish maskani bir necha bor sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa-da, yetarli darajada takliflar tushmagani sababli xususiylashtirish ishlari ortga surilib kelinayotgan edi.
Davletovuz Telegram-kanalining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, “Sijjak” dala hovlisi 124-maktab-internat balansida saqlanadi, uni sotish yoki faoliyat turini o‘zgartirish taqiqlangan. “Chotqol” oromgohi esa Kasaba uyushmalari federatsiyasi balansiga o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
IShID yetakchilaridan birini o‘ldirgan AQSh, cho‘kib ketishiga sal qolgan Ramzon Qodirov va G‘azoda davom etayotgan fojia – kun dayjesti
Jahon | 14:36
-
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi
O‘zbekiston | 14:34
-
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 14:25
Mavzuga oid

17:30 / 22.03.2024
Foto: Turkiston silovsini Chotqol qo‘riqxonasi kuzatuv fotoqopqoniga muhrlandi

13:07 / 12.07.2023
Chotqol davlat qo‘riqxonasi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

11:27 / 16.10.2022
Chotqol qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon qor qoplonini suratga oldi

23:44 / 05.04.2021