Avtomobilga gaz to‘ldirish shoxobchalari ishini nazorat qilish bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqilyapti
“Kiberxavfsizlik markazi” mutaxassislari tomonidan “Avtomobillarga metan, propan va benzin quyish shoxobchalari faoliyatini nazorat qilish” tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriq loyihasi ekspertizadan o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz
Davlat dasturi 94-bandida yonilg‘i quyish shoxobchalarida realizatsiya qilingan gaz hajmining aniq hisobini yuritish uchun gaz quyish uskunalariga maxsus dasturlashtirilgan mahsulotni joriy etish va uni Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish belgilangan.
Topshiriq ijrosi yuzasidan maxsus axborot tizimi yaratildi hamda uni Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Axborot tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
AGQShga kirim qilingan gaz yonilg‘isi miqdorini aniqlash;
AGQShda elektron hisobvaraq fakturalar va onlayn NKGning cheklari orqali sotilgan gaz yonilg‘isi miqdorini aniqlash;
kirim qilingan va sotilgan gaz yonilg‘isining tafovutini aniqlash orqali AGQSh faoliyatini nazorat qilish.
“Kiberxavfsizlik markazi” mutaxassislari tomonidan “Avtomobillarga metan, propan va benzin quyish shoxobchalari faoliyatini nazorat qilish” tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriq loyihasi ekspertizadan o‘tkazilgan. Natijalarga ko‘ra, ushbu texnik topshiriq loyihasi zarur axborot va Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi aniqlangan.
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025