Dilshod Azimov «O‘zsuvta’minot» rahbari etib tayinlandi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaroriga asosan «O‘zsuvta’minot» AJga yangi rahbar tayinlandi.

Foto: O‘zsuvta’minot
Kompaniya xabariga ko‘ra, Dilshod Sur’atovich Azimov «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi.
Dilshod Azimov o‘z vaqtida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘lgan. Undan oldin Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Joriy yilning 11 iyul kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «Suvta’minot» rahbari Sohib Saifnazarov lavozimidan ozod etilgandi.
Prezident matbuot xizmati xabarida shu kuni ishdan olingan amaldorlar «investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani» keltirilgan.
Sohib Saifnazarov 2019 yildan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zsuvsanoat» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlayotgandi.
Mavzuga oid

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

10:23 / 19.03.2025
715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suv yetib boradi

21:48 / 12.02.2025
“Aholini ichimlik suv bilan 100 foiz ta’minlash imkonsiz” – “O‘zsuvta’minot” AJ

17:35 / 12.02.2025