Vuhledar uchun janglar urush boshidan buyon olib borilmoqda. Ammo shaharda hamon odamlar yashamoqda
Ukrainada urushning 508-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya g‘alla kelishuvi doirasida Qora dengiz bo‘ylab harakatlanishiga ruxsat bergan Ukrainaning so‘nggi kemasi Odessa portidan suzib ketdi. G‘alla kelishuvi muddati 17 iyul kuni yakunlandi, Rossiya uni uzaytirishga rozi bo‘lmadi.
- 2022 yil sentabrida asirlar almashinuvi doirasida Rossiya asirligidan ozod etilgach, bir necha oy Turkiyada nazoratda qolgan va shu oy Ukrainaga qaytgan «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko shaxsiy tarkib bilan uchrashdi. Yaqin vaqtlar ichida u xizmat vazifalarini bajarishga qaytishi kerak, hozircha esa tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
- Anneksiya qilingan Sevastopol gubernator Mixail Razvojayev 16 iyul kuni tongda dronlar orqali «yoppasiga va davomli» hujumlar amalga oshirilganini ma’lum qildi. Barcha dronlar urib tushirilgani, jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.
- Vladimir Putin agar Ukraina qurolli kuchlari kassetali o‘q-dorilarni qo‘llasa, Rossiya qo‘shini ham shunday javob qaytarishini ma’lum qildi. Bunday turdagi qurollar AQShdan Ukrainaga yuborilgan navbatdagi harbiy yordam paketidan o‘rin olgan. Volodimir Zelenskiy bu o‘q-dorilar faqat mamlakatning bosib olingan hududlaridagi harbiy nishonlarga nisbatan qo‘llanishini va’da qilgan va «Rossiya ulardan doimiy ravishda foydalanishi»ni qayd etgan. RF mudofaa vazirligi esa buni rad etadi.
Vuhledardagi hayot
Vuhledar — okkupatsiya ostidagi Donetskdan 50 kilometr janubi-g‘arbdagi shahar. Vuhledar atrofida janglar Rossiya bosqinining ilk kunlaridayoq boshlangan. 2023 yil yanvarida RF armiyasi shaharning janubiy-sharqiy qismidagi dala hovlilar hududida mustahkam o‘rnashib olgandi, ammo bu hujum vaqtida katta yo‘qotishlarga uchralgandi. Fevral oyida esa Rossiya Vuhledar yaqinida, ukrainlar ta’biri bilan aytganda «tanklar ishtirokidagi yirik jang»ni yutqazgandi. Shunga qaramay, Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutishda davom etmoqda: so‘nggi zarbani ular 15 iyul kuni yo‘llashgan, hech kim jabrlanmagan.
Keng ko‘lamli bosqin boshlanguniga qadar Vuhledarda 15 ming atrofida odam yashagan — hozirda shaharda tinch aholi vakillaridan yuzga yaqin kishi qolgan. Amalda barcha binolar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan, shaharda elektr va ichimlik suvi ta’minoti yo‘q.

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA


Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Vuhledar yaqinidagi ukrain jangchilari

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Lviv oblastida o‘q otishni o‘rganayotgan o‘smirlar

Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025