Odessa yana o‘qqa tutildi, vagnerchilarning yana bir qabristoni topildi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 512-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Ukraina janubi bo‘ylab navbatdagi yoppa zarbalarni amalga oshirdi. Odessada bir kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi yaralangan. Mikolayivda qurbonlar soni ikki nafar, yaralanganlar soni 18 nafarni tashkil qilmoqda.
- Ukraina mudofaa vazirligi Qora dengiz hududi bo‘ylab Rossiya portlari tomon harakatlanadigan har qanday kema harbiy yuk tashuvchi sifatida baholanishini ma’lum qildi. Bundan oldinroq Rossiya mudofaa vazirligi ham ukrain portlari tomon suzadigan kemalar borasida xuddi shunday bayonot bergandi.
- Ukraina AQShdan qabul qilib olingan kassetali o‘q-dorilarni qo‘llashni boshladi.
- Qrim rahbari «dushman» droni zarbasi oqibatida o‘smir yoshidagi qiz vafot etganini xabar qildi.
- Belarus mudofaa vazirligi Polsha bilan chegara yaqinida «Vagner» XHK bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Mikolayiv va Odessaga zarbalar
20 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Odessa, Mikolayiv va Sumi bo‘ylab 19 ta kamikadze dronlar va shuncha raketa yo‘llagan. Portlar, prichallar (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan joy), turar joylar va do‘konlar zarba ostida qolgan.
Mikolayivda tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, 18 kishi jarohatlangan, ulardan to‘qqiz nafari (jumladan besh nafar bola) shifoxonaga yotqizilgan.
Odessada tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi yaralangan, ular orasida — Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining uch nafar xodimi bor. Bir qancha binolar shikastlangan, jumladan bolalar bog‘chasi va Xitoy konsulxonasi.
Sumida dron maktabdan tashqari sog‘lomlashtirish muassasasi binosiga qulagan, bino ichida bo‘lgan hamshira jarohat olgan.

Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA

Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA

Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA

Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Severskdagi o‘t o‘chiruvchilar ishi
Seversk — Donetsk oblastidagi, Baxmutdan taxminan 30 kilometr shimolda joylashgan shahar. Seversk Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda — ukrain qo‘shini uchun bu 30 kilometr janubdagi Soledar shahriga yurish qilish uchun baza vazifasini bajaradi. Seversk bir yildan ortiq vaqtdan buyon muntazam ravishda o‘qqa tutiladi — quyida ushbu shahardagi mahalliy o‘t o‘chirish xizmatlari ishi aks etgan suratlar.



Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

«Vagner» XHK qabristoni

«Razgruzka Vagnera» telegram-kanali
Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025