O‘zaro zarbalar almashinuvi va oldingi chiziqdagi samolyot. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 523-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Kriviy Rihda rossiyaliklar raketalari universitet binosi va ko‘p qavatli uyga kelib urildi. Olti kishi halok bo‘lgan, 75 kishi yaralangan.
- Zaporijjya oblastining Kreml tomonidan tayinlangan ma’muriyati Basan qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 15 kishi yaralangani haqida ma’lumot berdi.
- «Proyekt» loyihasi 81 nafar rossiyalik tadbirkor RF armiyasi ta’minotida ishtirok etayotgani haqida xabar berdi.
- Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Zelenskiy sentabr oyida BMT Bosh assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka boradi va u yerda Rossiya-Ukraina urushi uchun «tinchlik formulasi»ni taqdim etadi. Putinda esa bunday rejalar yo‘q.
- Moskvada sud ukrainalik milliarder Rinat Axmetovning Rossiyadagi aktivlarini xatlovga oldi.
Kriviy Rih o‘qqa tutilishi
31 iyul tongida Rossiya qo‘shini Kriviy Rih bo‘ylab zarba yo‘lladi. Volodimir Zelenskiyning xabar qilishicha, raketalardan biri universitet o‘quv korpusiga, ikkinchisi — turar joy binosiga tushgan, uyning 4-qavatidan 9-qavatigacha bo‘lgan qismi vayron bo‘lgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak rossiyaliklar zarbasi oqibatida olti kishi halok bo‘lgani, ulardan biri 2013 yilda tug‘ilgan qiz ekani haqida xabar qilgan. Bundan tashqari, 75 kishi yaralangan, ulardan olti nafari voyaga yetmaganlar.

Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA

Arsen Dzodzaiev / EPA / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA



Arsen Dzodzaiev / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari
31 iyul kuni Rossiya qo‘shini Xarkiv shahrini o‘qqa tutdi. Xarkiv oblast prokuraturasi spikeri Dmitro Chubenkoga ko‘ra, raketalardan biri Novobavarskiy rayonidagi tijoriy korxona omborxonasiga kelib tushgan va bu yerda yong‘in boshlangan. Bir kishi jarohat olgan.
Rossiyaliklarning yana bir raketasi Xarkiv oblasti Bolshoy Burluk posyolkasidagi xususiy uy hududiga kelib tushgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi
Anneksiya qilingan «DXR»ga Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat xabariga ko‘ra, 31 iyul kuni Donetsk shahrining ikki rayoni va Horlivka o‘qqa tutilgan, mahalliy rasmiylar hujumda Ukraina tomonini ayblagan. To‘rt kishi halok bo‘lib, 12 kishi yaralangan. Bir qancha ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar va xususiy uylar, avtomobillar shikastlangan.
Ukrainadagilar Donetsk va Horlivka o‘qqa tutilgani yuzasidan izoh bermadi.


Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainlarning oldingi chiziqdagi samolyoti

Scott Peterson / Getty Images
Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025