Soliq qo‘mitasi “supervazirlik” tarkibidan chiqarilmoqda
Ma’muriy islohotdan 7 oy o‘tib, Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridan chiqarilishi mumkin. Yil boshidan buyon rahbarsiz qolayotgan qo‘mitaga ayni paytdagi vazir Sherzod Qudbiyev qaytadi.

Sherzod Qudbiyev 2 avgust kungi prezident selektorida
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi vazirlik tarkibidan chiqarilib, hukumat tarkibidagi mustaqil tuzilma maqomiga qaytarilishi mumkin. Bu haqda Kun.uz'ning hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, bu o‘zgarishdan keyin ayni paytdagi iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyev Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlanishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Qudbiyev 2020 yil mayidan 2022 yil dekabrigacha bo‘lgan muddatda ham soliq organiga rahbarlik qilgandi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga esa Qudbiyevning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov tayinlanishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 avgust kungi selektorda soliq tushumlari kamayib ketganini tanqid qilgandi. “Kundan kunga o‘sayotgan iqtisodiyotimizning samarasi budjet daromadlarida to‘liq ko‘rinmayapti”, – degan davlat rahbari qator soliq mansabdorlarini ishdan oldi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 19:47
-
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi
Jahon | 19:47
-
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
O‘zbekiston | 19:09
-
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
O‘zbekiston | 19:05
Mavzuga oid

14:41 / 16.04.2025
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi

10:58 / 02.04.2025
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

16:43 / 01.03.2025
Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etilmoqda

21:41 / 19.02.2025