Toshkentda bosh kiyimini olish uchun metro yo‘liga tushgan fuqaroga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi
Toshkent metrosining «Do‘stlik-2» bekatida yo‘lovchi bosh kiyimini olish uchun metro yo‘liga tushgan. Unga nisbatan huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma tuzildi.

Videodan kadr
Joriy yilning 4 avgust sanasida Toshkent metropolitenining «Do‘stlik-2» bekatida fuqaro A.M. metro yo‘liga tushib qolgan bosh kiyimni olish maqsadida o‘zboshimchalik bilan poyezd yo‘liga tushgan.
«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, metropoliten va ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar orqali yo‘lovchi zudlik bilan xavfsiz tarzda platformaga chiqarilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro A.M.ga nisbatan «Metropolitendan foydalanish tartib-qoidalari»ga amal qilmagani sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan.
«Toshkent metropoliteni» metro yo‘lida inson hayoti uchun xavfli hisoblanuvchi yuqori kuchlanishli elektr toki mavjudligini eslatib o‘tgan.
«Shu sababli metrodan foydalanish vaqtida hushyor va sergak bo‘ling. Bu kabi holatlarga duch kelganingizda, zudlik bilan bekat platformasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025