Ekvador prezidenti AQSh FTBdan yordam so‘radi
Ekvadorda favqulodda holat e’lon qilindi. Fernando Vilyavisensio o‘ldirilishi ortidan yetti nomzoddan besh nafari saylovoldi kampaniyasini to‘xtatganini e’lon qildi.

Gilermo Lasso / Foto: Getty Images
Ekvador prezidenti Gilermo Lasso 10 avgust, payshanba kuni bir kun avval o‘ldirilgan prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisensio ishini tergov qilishda yordam so‘rab FTBga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada FTB xodimlari mamlakatga keladi.
Lasso xalqqa murojaatida suiqasdni «siyosiy jinoyat» va saylovlarni buzishga urinish deb atadi. 20 avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ommaviy so‘rovlarga ko‘ra, o‘ng markazchi Vilyavisensio mashhurlik bo‘yicha to‘rtinchi yoki beshinchi o‘rinni egallagan.
Ekvadorda favqulodda holat e’lon qilindi
9 avgust kuni kechqurun «Saf» (Construye) harakati vakili bo‘lgan siyosatchi Ekvador poytaxti Kitoda saylovoldi tashviqoti tadbiridan so‘ng o‘ldirildi. Yana to‘qqiz kishi jarohat olgan. Otishma davomida hujum qilgan shaxs ham o‘ldirilgan.
Respublikada 60 kunga favqulodda holat joriy etildi. Voqeadan so‘ng prezidentlikka nomzodlarning yetti nafardan besh nafari saylovoldi tashviqotini to‘xtatganini e’lon qildi. Biroq saylov sanasi ko‘chirilmadi.
Mavzuga oid

13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi

21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin

11:35 / 22.04.2024
Ekvador hukumati uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini kuchaytiradi

09:24 / 22.04.2024