Suvsiz qolgan shahar va saylovlarga tayyorlanayotgan Donetsk. Urush suratlari
Ukrainada urushning 535-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi Qrimga ukrainlarning 20 ta droni hujumi qaytarilgani haqida xabar berdi. «Ukrainskaya pravda» xabariga ko‘ra, bu hujum oqibatida o‘nlab rossiyalik harbiylar halok bo‘lgan va yaralangan.
- Rossiyalik harbiylar boshqariluvchi aviabomba bilan Zaporijjya oblastining Orixiv shahriga zarba berdi. Bir politsiyachi halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohat olgan, deb xabar beradi Ukraina Milliy politsiyasi boshlig‘i Ivan Vigovskiy.
- Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov Kerch bo‘g‘ozi hududida ukrainlar raketalari urib tushirilganini xabar qildi. RF mudofaa vazirligi Ukraina ko‘prikka S-200 tizimi raketalari bilan hujum qilishga uringanini tasdiqlagan.
- Kaluga oblastida tunda dron urib tushirilgan. Region gubernatori Vladislav Shapshaning so‘zlariga ko‘ra, «jabrlanganlar yo‘q, infratuzilma obektlariga ham shikast yetmagan».
- RF mudofaa vazirligi Sergey Shoyguning Markaziy poligonga tashrifi haqida xabar berdi, bu yerda sovetlar davrida yadro qurollari sinovdan o‘tkazilgan.
Qrim ko‘prigida tutun pardasi
12 avgust kuni Ukraina qurolli kuchlari Qrim ko‘prigiga uch bor hujum qildi, deb xabar beradi anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina hujumda S-200 tizimining zarba berish uchun moslashtirilgan raketalaridan foydalangan. Vazirlikka ko‘ra, ular havodaligida urib tushirilgan, vayrongarchilik va jabrlanganlar yo‘q. Ammo ko‘prik bo‘ylab harakat ma’lum vaqtga to‘xtatilgan, uning atrofida esa tutun pardasi hosil qilingan.
Moskvada dron qoldiqlarini qidirayotgan politsiyachilar
11 avgust tongida Moskva shahrining Karamishevskoy sohilida dron portladi. Uning parchalari 67-shahar shifoxonasi perinatal-kardiologiya markazi yaqiniga tushgan. Shahar meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, dron havo hujumidan mudofaa vositalari orqali yo‘q qilingan — jabrlanganlar va jiddiy vayrongarchiliklar yo‘q. Hujumdan keyin Moskva prokuraturasi «provokatsiyaga berilmaslik»ka chaqirib, «poytaxtda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar» haqida «asossiz xabar tarqatganlik» uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan.

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Frontning boshqa chekkalaridagi ukrain jangchilari

Reuters / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA
Havo trevogasi chog‘ida Kiyev metrosiga tushib yashiringan aholi

Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Vida Press

Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Vida Press
Suvsiz qolgan Nikopol
Dnipropetrovsk oblastining Nikopol shahrida keng ko‘lamli bosqin boshlanguniga qadar 100 mingdan ortiq kishi yashagan, hozir esa shaharda shuning yarmi qolgan. 2023 yil 6 iyunga o‘tar kechasi Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lgach,
Nikopol aglomeratsiyasida (u shu nomli shahardan tashqari, Marganets va Pokrovni, shuningdek atrofdagi boshqa qishloqlarni o‘z ichiga oladi) hayot kuchli darajada o‘zgardi. Avval shaharga va qishloqlarga suv suv omboridan kelgan. Ammo u qurib qolgach, ichimlik va texnik suvni bu yerlarga avtosisternalar, o‘t o‘chirish mashinalari va maxsus bochkalar o‘rnatilgan yuk avtomobillarida tashib keltira boshlashdi. Shu bilan birga, hatto texnik suv uchun ham ulkan navbatlar hosil bo‘lmoqda.

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskdagi hayot tarzi

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025