Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infratuzilmani rivojlantirish dasturini shakllantirishda jamoatchilik ishtiroki kengaytiriladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
- tarmoq (soha)larni rivojlantirish konsepsiyalariga (strategiyasiga) asosan, shuningdek, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi va aholining takliflari asosida kelgusi uch yil uchun loyihalar portfeli shakllantirilishi va mazkur loyihalar portfeli har yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish uchun ma’lumotlar bazasi sifatida xizmat qilishi nazarda tutilgan;
- loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha hududlarda ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan;
- har yilgi dasturni shakllantirishda loyihalar portfeliga kiritilgan infratuzilma loyihalari ro‘yxatidan ularni amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va ularning hajmlari bilan o‘zaro bog‘langan holda loyihalar tanlab olinadi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Davlat dasturlari loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli ro‘yxatlarni kelishish” avtomatlashtirilgan elektron platforma yaratilgan.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
- 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan dastur doirasida loyihalar portfelini shakllantirishda fuqarolar tomonidan tashabbus tarzida bildirilgan loyiha takliflari alohida inobatga olinadi;
- loyihalar portfeliga takliflar fuqarolar tomonidan o‘zlari doimiy yashab turgan tuman (shahar) va mahalla hududidagi ijtimoiy soha muassasalari (umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, madaniyat va sport muassasalari) qurish-ta’mirlash ishlari hamda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini yaxshilash yuzasidan loyihalar bo‘yicha bildiriladi;
- tarmoq vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari (bo‘linmalari) o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida fuqarolar tomonidan loyiha takliflarni taqdim etish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi “jamoatchilik tashabbusi asosida ijtimoiy va infratuzilma loyihalari portfelin shakllantirish” maxsus alohida axborot sahifasini yaratadi;
- fuqarolar tomonidan loyihalar portfeliga kiritish uchun tashabbus tarzida taklif etilayotgan ijtimoiy va infratuzilma loyihasi veb-sahifa orqali har yili 1 fevraldan boshlab 1 martga qadar bildiriladi va hududlarda ishchi guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilib, loyihalar portfeliga kiritiladi;
- loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibiga tuman (shahar) hokimi yordamchilari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari kiritiladi;
- har yilgi dasturning manzilli qismini shakllantirishda, birinchi navbatda, ustuvorlik fuqarolar tomonidan bildirilgan loyihalarga beriladi.
Mavzuga oid

08:47 / 14.07.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi

22:41 / 10.04.2025
Jamoatchilik fikri: ijtimoiy tarmoqdagi kommentlar real hayot in’ikosimi?

12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering

16:46 / 29.01.2025