YHXX Nexia va Cobalt’ga o‘rnatilgan multiradarlar olib tashlanishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia va Cobalt’ga o‘rnatilgan multiradarlar yo‘qotilishi haqida xabarlar tarqaldi. YHXX bu borada rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Foto: IIV YHXBB
Ma’lum qilinishicha, ushbu avtomatlashtirilgan mobil komplekslar prezidentning “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinib kelinmoqda.
Mobil komplekslar fiksatsiya qilish tizimining texnika va jihozlari belgilangan standart va talablarga muvofiqligi, inson omilini rad etib avtomatlashtirilgan dasturda ishlashi va foydalanuvdan chiqarilmasligi ma’lum qilindi.
Ayrim ijtimoiy tarmoq obunachilaridan asoslantirilmagan, aniqlik kiritilmagan ma’lumotlarni turli noo‘rin izohlar bilan omma e’tiboriga tarqatmaslik so‘ralgan.
Mavzuga oid

13:39 / 26.02.2025
2024 yil jarimalardan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi. Bu pullar qayerga sarflanyapti?

18:45 / 25.02.2025
“Videolarni montaj qilib tarqatishyapti” – YHXX rasmiysi «no photo» qonuni haqida

18:56 / 24.09.2024
YHXX boshlig‘i: “Yo‘l harakati qoidalarini ko‘p buzgan haydovchilar bilan «mahalla yettiligi» ishlamoqda”

10:36 / 06.09.2024