Baxmut atrofidagi harbiy shifokorlar va Zaporijjya oblastidagi harbiy kolonna. Urush suratlari
Ukrainada urushning 545-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yevgeniy Prigojinning iyun oyi oxiridagi isyonidan keyin ko‘rinish bermay qo‘ygan general Sergey Surovikin Rossiya havo-kosmik kuchlari qo‘mondonligidan chetlatilgan.
- Keyinroq RIA Novosti agentligi manbasi general-polkovnik Viktor Afzalov Rossiya HKK qo‘mondoni vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganini xabar qildi, u bungacha havo-kosmik kuchlari bosh shtabi boshlig‘i edi. Afzalovning tayinlovi to‘g‘risida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
- Tunda Moskva oblastida ikkita dron urib tushirilgan. Ulardan biri Krasnogorskdagi turar joyda portlashi oqibatida bino derazalari sinib ketgan, jabrlanganlar yo‘q.
- Ukraina mudofaa vazirligi 47-brigada jangchilari Zaporijjya oblastining Rabotine qishlog‘iga kira boshlagani va mahalliy aholini evakuatsiya qilayotgani aks etgan videoni namoyish etdi. Rabotine Rossiya mudofaasining ushbu hududdagi birinchi liniyasi tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi.
- Germaniya TIV rahbari Anna Berbok dronlarning Rossiya obektlariga zarbalari xalqaro huquqni buzish hisoblanmasligini aytdi.
- Amerikalik strateglarning hisoblashicha, Ukraina qo‘shini bo‘lib yuborilmasligi, aksincha bir musht bo‘lib janubdagi asosiy yo‘nalishda zarba berishi darkor, deb yozadi New York Times amerikalik va boshqa g‘arblik rasmiy shaxslarga asoslangan holda.
- Daniya sakkiz nafar ukrainalik uchuvchini F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishni boshladi. Daniya Ukrainaga 19 dona F-16 yetkazib berish majburiyatini olgan.
- O‘tkazilgan so‘rovlarning ko‘rsatishicha, ukrainlarning mutlaq ko‘pchiligi urushni to‘xtatish evaziga hududlarning bir qismidan voz kechishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblaydi. So‘ralganlarning 5 foizdan kamroq qismi tinchlik uchun Rossiyaga yon berilishiga rozi bo‘lishini bildirgan.
Kun kadri. Okkupatsiyadan keyin tiklanayotgan Izyum

Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinidagi ukrain harbiy shifokorlari

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Ruslarning Zaporijjya oblastidagi harbiy yuk mashinalari karvoni
2023 yil avgust oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlarining mamlakat janubidagi qarshi hujumida hal qiluvchi bosqich boshlandi. Ukraina qo‘shini asosiy zarbani Zaporijjya oblastida, Orixivdan janubda, Tokmak shahri yo‘nalishida bermoqda. Bu Rossiya mudofaasida inqiroz holati keltirib chiqardi, holbuki RF armiyasi Ukraina janubidagi qarshi hujumni qaytarishga to‘qqiz oyga yaqin vaqt davomida tayyorlangandi.

Okkupatsiya qilingan hududlarda Rossiya bayrog‘i kunidagi aksiyalar



AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025