«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida mushakbozlik bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga bog‘ga borishi uchun avtobus qo‘yildi. Avtobuslar «Do‘stlik» va «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 18:00 dan 22:00 ga qadar harakatlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 1 sentabr kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan mushakbozlik tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan, «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga vaqtinchalik yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda avtobus harakati tashkil etilgan:
«Do‘stlik metrosi-«Yangi O‘zbekiston» bog‘i»;
«Mashinasozlar metrosi-«Yangi O‘zbekiston» bog‘i».
Shuningdek, «Yangibozor AShB - Mashinasozlar metrosi» yo‘nalishi jadvallari soni ko‘paytirilgan.
Mavzuga oid

15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi

23:10 / 10.04.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi

13:21 / 24.02.2025
“Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi

07:30 / 17.09.2024