Hindistonda ikki soat ichida 61 mingta chaqmoq urdi, 12 kishi halok bo‘ldi
Mamlakat sharqidagi musson mavsumida chaqmoq urishi tez-tez uchrasa-da, bir kun ichida bunday ko‘p yashin misli ko‘rilmagan edi.

Foto: Wikimedia
Hindistonning sharqiy qismidagi Odisha shtatida ikki soat ichida momaqaldiroq paytida 61 mingdan ortiq chaqmoq urdi.
Odisha tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bulutdan bulutga chaqmoq urishi 36 mingdan ortiq marta, bulutdan yerga chaqmoq urishi 25 mingdan ortiq marta kuzatilgan.
Yashin urishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi. Shtat hukumati qurbonlar oilalariga 400 ming rupiy (4,8 ming dollar) miqdorida yordam puli to‘lanishini e’lon qildi.
Momaqaldiroqlarga Bengaliya ko‘rfazi ustidagi faol siklon sabab bo‘lgan. Hindistonning sharqiy qismida musson mavsumida chaqmoq urishi tez-tez uchrasa-da, bir kun ichida bunday ko‘p yashin misli ko‘rilmagan edi.
Hindiston meteorologiya departamenti aholini Bengaliya ko‘rfazidagi siklonlar tufayli ekstremal ob-havo 7 sentabrgacha davom etishi haqida ogohlantirmoqda.
Shu bilan birga, tadqiqotlar dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli asr oxiriga borib halokatli chaqmoqlarning ko‘payishini bashorat qilmoqda. Bundan tashqari, iqlimning isishi ham dovul kabi ekstremal ob-havoga olib keladi. Kaliforniya universiteti tomonidan 2015 yilda chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haroratning har 1°S ko‘tarilishi chaqmoq urishi chastotasini 12 foizga oshiradi.
Mavzuga oid

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025