Saida Mirziyoyeva Rossiya elchisini qabul qildi

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Bugun, 13 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rasmiylari Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Elchini prezidentning yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Administratsiyaning Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov va Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov qabul qilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta oldin Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashgan edi.
Uchrashuvdan suratlar
Mavzuga oid

09:10
Rossiya armiyasi Zaporijjyaga dronlar bilan zarba berdi

16:13 / 13.06.2025
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

13:38 / 13.06.2025
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»

12:15 / 13.06.2025