Lvivga davomli hujumlar va harbiy zavodga borgan Putin. Urush suratlari
Ukrainada urushning 573-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Ukrainaga kamikadze dronlar bilan hujum qildi. Lvivda hujum oqibatida omborxonada yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan.
- Xersonda rossiyaliklar snaryadi trolleybusga urildi. Politsiya serjanti halok bo‘lgan, tinch aholi vakillaridan ikki kishi jarohatlangan.
- Konstantinovkadagi bozorda, katta ehtimol bilan ukrainlarning «Buk» zenit-raketa kompleksidan uchirilgan raketasi portlagan, deyiladi The New York Times surishtiruvida. Ukraina xavfsizlik xizmati esa Konstantinovkaga zarba ortida RF armiyasi turganini ta’kidlashda davom etmoqda.
- Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida chiqish qildi. U o‘z nutqida «Ukraina o‘zining hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgan yadro arsenalidan voz kechgani, ammo keyingi voqealar aynan Rossiya yadroviy qurolsizlantirishga ko‘proq loyiq bo‘lganini ko‘rsatgani»ni aytgan.
Lviv va Xerson bo‘ylab zarbalar
19 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Lvivga dronlar bilan hujum qildi. Qulab tushgan omborxona xarobalari ostidan ikki kishi qutqarildi va bir jasad olib chiqildi. BBC Ukraina jurnalistlari qayd etishicha, Lvivga dronlar hujumi keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon eng uzoq davom etgan hujum bo‘ldi: u ikki soatga yaqin davom etgan.
Xuddi shu kuni RF armiyasi Xerson bo‘ylab zarba berdi. Snaryad shahar trolleybusiga kelib urilgan. 49 yoshli politsiya serjanti Andriy Tarchinskiy halok bo‘lib, tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan.

Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA


Ukraina FVDX / AFP / Scanpix / LETA

Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA
Zelenskiyning BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi

Michael M. Santiago / Getty Images
Ukraina QK uchun dronlar ustida ishlayotgan ukrain muhandislari
Kiyevda Ukrainaning Airlogix kompaniyasining qirq nafar muhandisdan iborat jamoasi oyiga o‘nga yaqin dron ishlab chiqarmoqda. Kompaniyaning ilg‘or ishlanmalaridan biri — «Gor» tipidagi dron bo‘lib, u 3500 metr balandlikkacha ko‘tarilishi, 40 kilometrgacha uchishi va havoda ikki yarim soat vaqt davomida qolishi mumkin. Bundan tashqari, dron 80 marta kattalashtiruvchi suriladigan kamera bilan jihozlangan. Bunday apparat qiymati — 250 ming dollarni tashkil etadi.

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA


Ijyevskda rossiyaliklar dronini ko‘zdan kechirayotgan Putin

Mixail Metsel / Sputnik / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

19:15
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59