«Hech kimga amal nikohlab berilmagan» - Zoyir Mirzayev Qibraydagi «tozalash» haqida
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray tumani hokimligida “tozalash” ishlari yakunlanganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
Qayd etilishicha, tuman hokimligi, korxona va tashkilotlardagi 64 nafar rahbar xodimdan 47 nafari lavozimidan ozod etilib, ularning o‘rniga yosh kadrlar tayinlangan.
17 nafar rahbar kadr tuman hokimining kafolati asosida sinov muddati bilan lavozimida qoldirilgan.
“Hech kimga amal nikohlab berilmagan. Men ketsam, ish to‘xtab qoladi, degan odam xato qiladi. Qibray tumanida kadrlarni isloh qilamiz. Bu mening tashabbusim emas, prezident topshirig‘i”, — dedi Zoyir Mirzayev.
Toshkent viloyatining deputat, keksalar va faollardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhi Qibray tumanida 20 kun mobaynida hokimlik hamda korxona va tashkilotlardagi rahbar xodimlarning faoliyatini to‘liq o‘rganib, lavozimiga noloyiq deb topilgan kadrlarni almashtirish to‘g‘risida viloyat hokimligiga tavsiya xatini kiritgan edi.
Rahbar kadrlar tarkibining yosh koeffitsiyenti bo‘yicha Qibray tumani viloyatda birinchi o‘ringa chiqqan. Lavozimga tayinlanganlarning 25 nafari 25-35 yoshgacha bo‘lgan kadrlar.
Avvalroq Zoyir Mirzayev Xalq deputatlari Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimligining barcha xodimlari yoppasiga ishdan olgani haqida xabar berilgandi.
Viloyat hokimi tumanda qariyb 20 ming fuqaro migrant sifatida xorijda bo‘lib turganini ta’kidlab, buni «Qibray uchun yarashmaydigan holat» deb atagan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 14:29
-
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
O‘zbekiston | 14:06
-
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar, Damashqqa zarba yo‘llagan Isroil va pasaygan OAV erkinligi - kun dayjesti
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

13:40 / 28.03.2025
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi

10:11 / 25.03.2025
Qibrayda Onix, Spark va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

09:37 / 12.03.2025