Protezga ko‘nikayotgan ukrain askarlari va Xarkiv yaqinidagi vayronalar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 578-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Kurskka shahar kunida ukrain dronlari hujum qildi. Birinchi dron shahar markazidagi binoga borib urilgan — Ukrainadagi manbalarga ko‘ra, bu Rossiya FXXning region bo‘yicha boshqarmasi binosi hisoblanadi. Kursk oblasti rahbari binoda (u aynan qanday bino haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan) «tom biroz shikastlangan». Ukraina tomoniga ko‘ra, ikkinchi dron neftni qayta ishlash zavodiga zarba bergan. Region rasmiylari ikkinchi dron zarbasi to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.
- Florida gubernatori va AQSh prezidentliga respublikachilarning nomzodlaridan biri Ron Desantis Ukrainaning NATOga kirishi «bizning manfaatlarimizga mos emas» dedi. U AQSh agar «mojaroni to‘xtatish uchun barcha ta’sir richaglaridan foydalanmasa», Ukrainaga cheksiz yordam ko‘rsatmasligi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
- «DNR»da komendantlik soati va internet hamda telefon muloqotlaridagi xatlar va xabarlarga harbiy senzura joriy etildi. Bu aynan qanday ishlashi FXXning hududiy boshqarmasi hamda anneksiya qilingan hududning aloqa va axborot vazirligi tomonidan belgilanishi kerak.
- RF TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya Ukrainaning 1991 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi bandlariga ko‘ra hududiy yaxlistligini «hurmat qilishi»ni bildirdi.
Xarkiv yaqinidagi Stariy Saltovdagi hayot
Stariy Saltov — Xarkiv oblastidagi posyolka bo‘lib, Rossiya bilan chegaradan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan. Rossiya armiyasi uni 2022 yil martida egallab olgandi — ikki oy o‘tib bu yer Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga qaytariladi. Okkupatsiya vaqtida va undan keyin davom etgan otishmalar oqibatida Stariy Saltovdagi binolarning 90 foizi vayron bo‘lgan — posyolkani faqat urush yakunlanganidan keyin qaytadan tiklash mumkin.

Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmut yaqinidagi ukrain hospitali

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi ustaxonada Ukraina qurolli kuchlari uchun avtomobil yig‘ayotgan ko‘ngillilar


Lvivda ukrain askarlarining reabilitatsiya jarayoni
Superhumans — Ukrainadagi protezlash, rekonstruktiv jarrohlik, reabilitatsiya va urushda jarohatlangan odamlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash markazi. Markazdagi laboratoriyada protezlar tayyorlanadi va yig‘iladi, shuningdek, bu yerda reabilitatsiya basseyni va hatto protezlar muzeyi mavjud. Klinikadagi barcha xizmatlar yarador harbiylar uchun tekin.

Andrii Nesterenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Andrii Nesterenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Andrii Nesterenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Mavzuga oid

19:15
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18
Zelenskiy Putin taklif qilgan uch kunlik sulhni rad etdi

13:37
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59