Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Zangezur yo‘lagi Eron orqali o‘tishi mumkinligini aytdi
Agar Armaniston loyihaga hissa qo‘shmasa, Zangezur yo‘lagi Eron orqali o‘tishi mumkin. Eron bu masala bo‘yicha «ijobiy signallarni» bergan.

Foto: Getty Images
Zangezur yo‘lagini tashkil qilish loyihasi strategik masala bo‘lib, uni amalga oshirish kerak. Agar Yerevan ko‘mak bermasa, yo‘lak Eron orqali o‘tishi mumkin, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
«Noxchivon va Ozarboyjonning boshqa viloyatlari bilan quruqlik va temir yo‘l (Zangezur yo‘lagi) orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish loyihasi Boku va Anqara munosabatlarini mustahkamlaydi. Shuning uchun biz ushbu yo‘lakni tezroq ochish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Turkiya va Ozarboyjon uchun juda muhim bo‘lgan ushbu yo‘lakning ishga tushirilishi strategik masala bo‘lib, uni amalga oshirish kerak», dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti Zangezur yo‘lagi ochilishi bilan Bokudan yo‘lga chiquvchi avtomobil va poyezdlar Turkiyaning Qars viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borishi mumkinligini ta’kidladi.
Shuningdek, u Zangezur va Lochin (Qorabog‘ va Armanistonni bog‘lovchi) transport yo‘nalishlarini «tinchlik yo‘lagiga» aylantirish zarurligini ta’kidladi.
«Bizning xohishimiz bu yo‘llarni ochib, ularni tinchlik yo‘lagiga aylantirish. Hali ham urush hukmron bo‘lgan yo‘lakni tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu masalani hech qanday mojaro va shov-shuvsiz hal qilish lozim», deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an Zangezur yo‘lagining temir yo‘l qismi haqida gapirar ekan, Turkiyadan kelayotgan poyezd ushbu yo‘lak bo‘ylab Noxichevon va Armaniston orqali o‘tib, Ozarboyjonga yo‘l olishini ta’kidladi.
«Agar Armaniston (loyihaga hissa qo‘shmasa), qayerga boradi? U (Zangezur yo‘lagi) Eron orqali o‘tadi. Erondan bu masala bo‘yicha ijobiy signallarni olish quvonarli. Chunki Erondan ijobiy signallar kelib tushsa, bu (Turkiya va Noxichevondan) Eronga va undan keyin Ozarboyjonga o‘tish imkoniyati yaratilishi mumkinligini anglatadi», dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid

13:09
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi

20:57 / 14.07.2025
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025