Sergelida ikki yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida MAN va HOWO yukmashinalari hamda Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda yuk mashinalari haydovchilari jarohat oldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahri Sergeli tumanida uchta transport ishtirokida YTH yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning 26 sentabr kuni soat 01:00 larda Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi 12 bekat qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN yukmashinasi, 2001 yilda tug‘ilgan D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt hamda 1957 yilda tug‘ilgan Sh. F. boshqaruvida bo‘lgan HOWO yukmashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida MAN hamda HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025