Navoiyda ikki Nexia to‘qnashdi. 3 kishi halok bo‘lgan
Yo‘l-transport hodisasiga haydovchilardan biri boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib harakatlangani sabab bo‘lgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB YHXB
Uchquduq tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 25 sentabr kuni soat 21:20 larda “Navoiy-Zarafshon-Uchquduq” yo‘lida sodir bo‘lgan. 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishida kelayotgan, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi ikkinchi Nexia bilan to‘qnashib ketgan. Bunga haydovchilardan birining boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi sabab bo‘lgan.

Voqea joyiga tuman prokuraturasi, IIB, FVB vakillari hamda tez tibbiy yordam guruhi yetib borgan. YTH oqibatida mashinalarda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 40 yoshli erkak va 45 yoshli ayol voqea joyida, 34 yoshli erkak esa shifoxonada vafot etgan. Og‘ir tan jarohati olgan ikki haydovchi esa Zarafshon shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

11:17 / 25.04.2025
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29 / 25.04.2025
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35 / 25.04.2025