Front yaqinidagi ko‘ngillilar va Luhanskdagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 588-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari RF Qora dengiz flotining bir qismi Sevastopoldan Novorossiyskka ko‘chirilganini tasdiqladi.
- Ukraina razvedkasi Qrimga maxsus topshiriqli bo‘linma tushirilgani haqida xabar berdi. Rossiya FXX ukrain harbiylaridan biri qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
- FIFA futbol bo‘yicha Rossiya o‘smirlar jamoasiga jahon chempionatlarida ishtirok etishga ruxsat berdi. Ular bayroq va madhiyasiz qatnashishi mumkin.
- Qrim ko‘prigidagi portlashga aloqadorlikda ayblanib maxsus xizmatlar tomonidan qo‘lga olingan peterburglik Oleg Antipov ochlik e’lon qildi.
- «VKontakte» safarbar qilingan rossiyaliklar uyga qaytishga chaqirilgan postlarni bloklamoqda. Ijtimoiy tarmoq Bosh prokuraturaning Ukrainadagi urush haqida «ishonchsiz» ma’lumot bo‘yicha talabini blokirovka uchun asos sifatida keltirmoqda.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi Tokmak shahri hududida o‘z Su-35 qiruvchi samolyotini urib tushirgan.
- Birinchi kanalning sobiq xodimi Marina Ovsyannikova armiya to‘g‘risidagi «feyklar» ishi bo‘yicha sirtdan sakkiz yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. Ovsyannikova Rossiyani 2022 yil oktyabrida tark etgandi.
- RF mudofaa vazirligi tunda havo hujumidan mudofaa kuchlari ukrainlarning 31 ta uchuvchisiz uchar qurilmasini urib tushirganini e’lon qildi. Ukraina xavfsizlik xizmati Belgorod oblastida rossiyaliklarning «Triumf» kompleksi yo‘q qilingani haqida xabar bergan.
Luhansk yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar

Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Ko‘ngilli veterinarlar Zaporijjya oblastining front yaqinidagi qishlog‘ida
Kiyevdan ko‘ngilli veterinarlar guruhi mahalliy aholi vakillariga vaksinatsiya, sterilizatsiya va jonivorlarni davolash ishlarida yordam ko‘rsatish uchun frontdan 25 kilometr masofadagi Tavriyske qishlog‘iga kelgan.
Ukrainaning yozgi qarshi hujumi boshlanganidan keyin Zaporijjya oblastining janubiy qismi faol harbiy harakatlar maydoniga aylangan (Tavriyske qishlog‘i Orixivdan atigi 15 kilometr, Rabotine qishlog‘idan esa 30 kilometr masofada joylashgan). Ukraina qurolli kuchlari og‘ir janglardan keyin avgust oyi oxirida Rabotine qishlog‘i xarobalarini egallagandi. Shundan keyin ukrainlarning Orixiv yo‘nalishidagi yurishi to‘xtab qolgan.

Libkos / Getty Images

Libkos / Getty Images

Libkos / Getty Images

Libkos / Getty Images

Libkos / Getty Images

Kiyevdagi dafn marosimi

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

20:22 / 02.05.2025
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda

19:38 / 02.05.2025
«Moskvaga aniq signal». Resurslar bo‘yicha kelishuv AQShning Ukrainadagi urush bo‘yicha ritorikasini qanday o‘zgartirdi?

17:50 / 02.05.2025
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi

17:49 / 02.05.2025