O‘zbekiston | 17:57 / 16.10.2023
10583
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

O‘quvchilar 10 noyabrdan ikkinchi chorak uchun o‘qishga qaytadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Kun.uz'ga tasdiqlashicha, joriy o‘quv yilining birinchi choragi 3 noyabrdan yakunlanadi. O‘quvchilar 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun davomida ta’tilda bo‘lib, ikkinchi chorakni 10 noyabrdan boshlashadi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda qabul qilingan hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, o‘quv yili davomidagi ta’tillar muddatlari quyidagicha deb belgilanadi:

  • kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Mavzuga oid