Sport | 20:56 / 16.10.2023
18648
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston olimpiya jamoasi 89-daqiqadagi gol evaziga Misrdan alamli mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida Toshkentda Misr olimpiya jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

«Bunyodkor» stadionida qariyb 10 ming tomoshabin qarshisida o‘tgan bahsda dastlab Alisher Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Hojimat Erkinovning goli ofsayd deya, inobatga olinmadi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib, bosh hakam Rustam Lutfulin Mahmud Mahammadjonovga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, vakillarimizni maydonda bir kishi kam qoldirdi. Bu esa o‘yindagi kulminatsion voqeaga aylandi.

72-daqiqaga kelib Bilol Mazhar hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Ziyod Muhammadning kuchli zarbasidan keyin Vladimir Nazarov darvozasidan ikkinchi to‘pni olib chiqdi – 1:2.

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari Toshkentdagi ikki o‘rtoqlik bahsida ham g‘alabaga erisha olmadi. Ispaniya bilan durang (0:0), Misrdan esa mag‘lubiyat qabul qilib olindi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 16 oktyabr

O‘zbekiston U23 – Misr U23 – 1:2
Hakamlar:
 Rustam Lutfullin (O‘zbekiston)
Gollar: Alisher Odilov 27 – Bilol Mazhar 72, Ziyod Muhammad 89.

O‘zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 3. Mahmud Mahammadjonov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Jasur Jaloliddinov, 51) 13. Eldor Begimov (Odilbek Abdumajitov, 66) 16. Asadbek Rahimjonov, 17. Abdurauf Bo‘riyev, 19. Husayn Norchayev (Ruslanbek Jiyanov, 66) 22. Alisher Odilov, 25. Umarali Rahmonaliyev (23. Diyorbek Xolmatov, 85).

Misr: 1 Hamza A’la Abdulla, 3. Umar Fayod Abdulvahob, 4. Ahmad Eid Muhammad, 5. Abdulmajid Abdulsalom, 7. Mahmud Sobir Abdulmuhsin, 9. Usama Faysal Ahmad, 11. Ahmad Favzi (8.Badr Muxtor, 54) 14. Ahmad Atef Es-Savi (22.Ziyod Muhammad, 75), 17. Muhammad Shaxata, 19. Ali Mahmud, 27 Muhammad Hamdi (21. Muhammad Ashraf, 54).

Chetlatish: Mahmud Mahamadjonov, 53 (2-sariq kartochka).

Mavzuga oid