Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda quyuq tuman tufayli 158 ta mashina to‘qnashdi, 7 kishi halok bo‘ldi
Avariya oqibatlari bartaraf etilmoqda. Yaqin kelajakda qurbonlar soni sezilarli darajada oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: AP
AQSh Luiziana shtatida botqoqlik yong‘inlari tufayli yuzaga kelgan quyuq tuman tufayli 158 ta mashina to‘qnashib ketdi. AP xabariga ko‘ra, voqea oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, 25 kishi turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa Morepas botqoqlari va Pontchartreyn ko‘li ustidan o‘tuvchi Nyu-Orlean yaqinidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Luiziana shtati politsiyasi qutqaruvchilar avtomobil bo‘laklarini tozalashda davom etar ekan, yaqin kelajakda qurbonlar soni sezilarli darajada oshishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ma’lum bo‘lishicha, to‘qnashuv natijasida bitta avtomobil katta yo‘l panjarasidan o‘tib, suvga qulagan, biroq haydovchi omon qolgan.
Ayni paytda yo‘lda ko‘p kilometrlik tirbandlik vujudga kelgan Yo‘l-transport hodisasi joyida qolib ketgan haydovchilarni olib ketish uchun maktab avtobuslari jalb qilingan.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025