Yana jangga tayyorlanayotgan Kupyansk va Baxmut atrofidagi dron operatorlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 610-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina Rossiya tomonidan tahdidlar tufayli g‘alla tashish uchun foydalanilgan dengiz yo‘lagi faoliyatini to‘xtatdi.
- Slovakiyaning yangi bosh vaziri Robert Fitso Bratislava bundan buyon Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatmasligini ma’lum qildi. «10 yil bir-birini o‘ldirgandan ko‘ra, 10 yil tinchlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan ma’qul», — deya o‘z pozitsiyasini izohlagan u.
- Rossiya FXX Tverdagi harbiy komissariatda terakt sodir etilishining oldi olinganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirilgan. Idora versiyasiga ko‘ra, terakt «ukrain maxsus xizmatlari» tomonidan uyushtirilgan, ijrochi esa «mamlakatda taqiqlangan ukrain millatchi tuzilmasi» a’zosi bo‘lgan.
- Ukraina qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun kriptovaluta orqali o‘tkazmalar tufayli ilk bor Rossiya fuqarosi davlatga xiyonatda ayblandi. Ayblanuvchi — Xabarovsk o‘lkasida yashovchi Andrey Vechirko. U iyun oyidan buyon «Lefortovo» tergov izolyatorida saqlab turilgandi. U umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Kupyanskdagi hayot
Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastidagi Kupyansk shahrini 2022 yil 27 fevralida egallab olgandi. Shahar strategik ahamiyatga ega: bu yerda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan, RF armiyasi okkupatsiya vaqtida undan jangovar bo‘linmalari va harbiy texnikalarini Ukraina hududlariga tashishda foydalangan.
Ukraina qurolli kuchlari Kupyanskni 2022 yil sentabridagi qarshi hujum chog‘ida ozod etgandi. Hozirda Rossiya qo‘shini bu yo‘nalishda yana hujum qilmoqda va shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Keng ko‘lamli urushga qadar Kupyanskda 27 mingga yaqin kishi yashagan. 2023 yil apreliga kelib, mahalliy hukumat ma’lumotiga ko‘ra, shaharda besh ming kishi qolgandi. Shahardagi ma’muriyat binolari va o‘quv muassasalarining yarmi, shuningdek turar joylarning beshdan qismi to‘liq vayron bo‘lgan.

Ed Ram / The Washington Post / Getty Images

Ed Ram / The Washington Post / Getty Images

Ed Ram / The Washington Post / Getty Images


Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
Baxmut yaqinidagi ukrain dron operatorlari

Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Mavzuga oid

12:31
Xerson «gubernatori» Ukrainani bozorga hujum qilishda aybladi

10:34
Bessent: Ukraina bilan kelishuv AQShga muzokaralarda yordam beradi

09:25
AQSh Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakilini tayinladi

23:22 / 01.05.2025