Surxondaryoda 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
Aniqlangan holatlar yuzasidan mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Madaniy meros agentligi
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur tadbirlarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Xususan:
- miloddan avvalgi V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 m2 qismi kesib olinib, avtomobil yo‘li o‘tkazilishi oqibatida 888 mln so‘mlik;
-V–VIII asrlarga oid “G‘o‘rintepa” yodgorligining 200 m2 qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 mlrd so‘mlik;
- I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 m2 qismi kesib olinib, hojatxona qurilgani oqibatida 266 mln so‘mlik;
- V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 m2 tuproqlari kesib olinib, molxona qurilgani oqibatida 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

19:06 / 03.06.2025